Ezoterika bu nima?

Inson ruhiyati va ichki olamini o’rganish bilimning keng yoyilayotgan yangi yo’nalishi! Ezoterika — so’zi grek tilidan olingan bo’lib «Ezo» – «ichki» ma’nosini bildiradi.
- Ya’ni Siz yuragingiz orqali o’zingizni va olamni o’rganasiz…
- Yurak orqali hamma savollarga javob topasiz…
- Yuragingiz ovozini balandlatasiz…
- Yurakdagi sevgini lovullatasiz…
Ammo ezoterika, ya’ni ichimizni, aslimizni anglash hamma odamlar uchun ham oson emas. Faqatgina asl haqiqatga tayyor odamlar uchun. Tashqi dunyodagi o’yin va saroblardan to’yingan va yuragidagi asillikka tayyor bo’lgan insonlar.
Ezoterikaga kela boshlaydi…
Ya’ni ichiga, ichidagi cheksiz haqiqiy olamga faqat ongi bilan tayyorlar keladi. Ezoterik-psixologlar qalbshunoslar deb ham atalinadi. Ular sizni qalbingiz, ruhingiz, ongingiz va tanangizda uyg’unlik bilan rivojlanishingizga xizmat qilishadi.