“Bola tarbiyasi” kursining muhimligi shundaki, unda oila bekalari bo’lmish ayollar, ya’ni onalik baxtiga erishgan insonlarga baxtli yashash sirlari o’rgatiladi. Qachonki ona muhabbatga to’la, hayotdan mamnun va baxtli bo’lsagina, u bola tarbiyasida ham shu uslublarni qo’llaydi.
Shu sababli biz avvalo onalarni muhabbatga ochilishga o’rgatamiz. Ruhshunos maslahati yordamida ayollar farzand ularning ko’zgusi ekanligi, bola tarbiyasida onaning o’rni qanchalik muhimligini, farzandni mehr-muhabbatga limmo-lim qilib tarbiyalash zarurligini o’rganadilar.
Bu kursimizga asosan farzand tarbiyasida muammolarga duch kelgan onalar murojaat qilishadi. Kursni namunali tamomlagach, ularning bolalari bilan o’zaro munosabatlari ijobiy tomonga o’zgargani, oiladagi nizolar va tushunmovchiliklar barham topganini, ayol sevimli ona va rafiqaga aylanganligini ko’rib quvonamiz.