Eng samarali psixologiya kurslari - "Mening yo'lim"

Atrofingizdagi insonlar hayotdan zavqlanib yashayotgan bir paytda siz o’zingizdagi depressiya davosini izlash bilan bandmisiz? Na yaqinlaringizdan va na o’zingizdan ko’nglingiz to’lmay, anchadan buyon tushkun kayfiyatdamisiz? Demak, psixologiya kurslariga muhtojsiz!

Ruhshunos maslahatiga kimlar muhtoj?

Hech o’ylab ko’rganmisiz, nega bir toifa insonlar doimo hayotdan bahra olib yashashadi? Ularning o’z yaqinlari bilan munosabatlari ham ko’ngildagidek. Orzu-istaklariga ham osonlikcha erishadilar. Lablarida doimo tabassum, ko’zlari esa quvonchdan porlaydi. Boshqa toifa insonlar esa uning aksi! Ayniqsa, gap munosabatlar haqida borganida, bu ularning eng og’riqli nuqtasi. Do’stik, sevgi va hatto oila a’zolari bilan ham munosabatlari juda yomon. Balki “Muammolar hammada ham bor, shunchaki ba’zilar buni ommaga sezdirmay, o’zlarini baxtli ko’rsatadilar”, dersiz. To’g’ri, muammolar hammada ham bor, ammo hamma ham muammolarga taslim bo’lmaydi. Hatto ularning muammolari hammanikidan ancha jiddiy bo’lishi ham mumkin. Lekin shunga qaramay, ular haqiqatdan ham baxtlidirlar…

Bundan ko’rinib turibdiki, depressiyaga tushishimiz, to’g’ri munosabat qura olmasligimiz bu — o’z aybimiz. Mustaqil ravishda ushbu vazifalarni uddalay olmayapmizmi, demak, ruhshunos maslahatiga ehtiyojimiz bor.

Mening yo’lim” nomli psixologiya kursi aynan kimlar uchun zarur?

Bilasizmi, hech birimiz mukammal emasmiz! Ammo inson to bu hayotda mavjud ekan, ko’ngildagidek hayot kechirishi, baxtli yashashi lozim. Buning uchun esa avvalo atrofdagilar bilan to’g’ri va ko’ngildagidek munosabat qurishni o’rganishimiz kerak. Qolaversa, baxtli hayot kechirishning sirlaridan yana biri – orzu va maqsadlarni to’g’ri qo’yish, ularga erishish usullarini ham o’rganishdan iborat.

Men, ezoterik-psixolog Lola Abdullayeva “Mening yo’lim” nomli psixologiya kurslarini tashkil qilishimdan maqsad aynan yuqoridagi kabi muammolarni hal qilishdir.

Kursning asosini quyidagilar tashkil etadi:

  • O’z orzu va maqsadlaringizga osonlik bilan erishish yo’llari;
  • Sevgi, do’stlik va qarindoshlik munosabatlariga turli shartlarsiz, nizolarsiz erishish usullari.

Qolaversa, mavjud depressiyaning davosi, turli psixologik metodlar, motivatsiya kabi boshqa kerakli psixologik yordamlar ham ko’rsatiladi.

Mening yo’lim” psixologiya kursi sizdagi barcha mavjud muammolarga yechim topishda ko’maklashadi. Qisqa vaqt ichida siz hayotga, voqea va hodisalarga, ayniqsa atrofingizdagi insonlarga bo’lgan qarashlaringiz, munosabatingiz hamda fikrlaringizni butkul o’zgartirasiz. Turli shartlar, majburiyat va nizolarsiz munosabatlarga erishasiz. Hayotni, yaqinlaringizni boricha qadrlashni, har soniyadan bahra olib baxtli yashash sirlarini o’rganasiz. Kurs yordamida motivatsiya olib, keyinchalik uni hatto atrofingizdagilarga ham ulashasiz…

 

“EZOLIFE DREAM” psixologik markazi - eng ishonchli va samarali!

    EZOLIFE DREAM” psixologik markazi o’z faoliyatini boshlaganiga ko’p vaqt bo’lmagan bo’lsada, aksariyat mijozlarimiz yaxshi natijalarga erishib kelishmoqda. Markazimiz faoliyatida uzilishlar bo’lmaydi. So’nggi tajribalar va eng yangi metodlar asosida tashkil etiladigan kurslarimiz va dasturlarimiz doimiy ravishda yangilanib, samaradorligi oshirilib boriladi. Har yili bepul kurslar taqdim etish bilan birgalikda Ramazon oyida “Shukronalik” kurslari ham o’tkaziladi. Qolaversa, markazimiz onlayn tarzda ham faoliyat yuritadi. Biz chet davlatlar va respublikamizning istalgan viloyatlarida istiqomat qiluvchi insonlarga ham onlayn psixologik yordam ko’rsata olamiz.

    Zero maqsadimiz – insonlarning ko’zlarida haqiqiy baxt uchqunlarini ko’rish!

Psixolog bilan bog’lanish

Sizni qiynayotgan ruhiy muammolardan butunlay xalos bo’ling.