Kursda ayollarning o’ziga bo’lgan ishonchi oshirilib, qat’iyatli, sarishta beka bo’lishlariga yordam beriladi. Kursning asosi quyidagi treninglardan iborat:
Jozibador ayol, mahbuba ayol, beka ayol, qirolicha ayol, qizaloq ayol energiyalari o’rgatiladigan ushbu kursning yana bir qulayligi shundaki, unda onlayn psixolog maslahati mavjud.
Jamiyatimizda ayollar orasida tobora stressdan chiqish, depressiyadan chiqish bo’yicha psixolog maslahatiga muhtoj ayollar soni ortib bormoqda. Bunday qiyin vaziyatlar, tushkun kayfiyatda hech bo’lmaganda, psixolog bilan onlayn suhbat qurishni maslahat bergan bo’lardim. Chunki bu tushkunlik kelajakda davolab bo’lmas og’ir xastaliklarga ham sabab bo’lishi hech birimizga sir emas.
Yana ayollarning qirolicha bo’lishlari oiladagi farzandlar, ayniqsa qiz bola tarbiyasida o’ta muhim. Chunki bolaligidan o’z uyida malikalardek ulg’aygan va onasiga nisbatan qirolichalarga qilingandek munosabatni ko’rib voyaga yetgan qizlarimiz ertaga mustaqil hayotda ham o’zlari uchun aynan shunday hayot tarzini tanlaydilar.
Maqsadimiz — har bir ayol qirolicha, har bir qizimiz malikaga aylansin!