“SMM menedjerlik” kursi: SMMni o'rganish nima uchun muhim?

Butun dunyoda, jumladan yurtimizda boshlangan va davom etayotgan koronavirus pandemiyasi SMMning naqadar muhim soha ekanligini isbotlab berdi. Internet asri bo’lgan bizning zamonimiz va yana 10 yil davom etishi tahmin qilinayotgan pandemiyada mahsulot ishlab chiqaruvchi hamda xizmat ko’rsatuvchi turli biznes egalarida SMM sohasiga talab kuchayaveradi. Demak, biz qaysi kasb yoki soha egasi bo’lmaylik SMMni o’rganish zarar qilmaydi.

SMM darslari nimalarni o’rgatadi?

SMM darslarining asosiy maqsadi – internet orqali mahsulotni ommaga tanitish va ko’proq potensial mijozlarni jalb qilgan holda mahsulot sotuvi va xizmat ko’rsatish hajmini oshirishni o’rgatishdan iborat. SMMning asosini SMM postlar tashkil qiladi. Bunda yuqori sifatli kontent yaratilib, elektron shaklda, ya’ni elektron og’zaki so’zlar bilan yozilgan postlar ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari bilan bo’lishiladi.

marketing w mediach spolecznosciowych w stylu mobilnym 23 2148410478

SMM postlar orqali foydalanuvchilar yoki potensial mijozlar to’g’ridan-to’g’ri qayta aloqaga erishadilar. Natijada kompaniya bir vaqtning o’zida potensial mijozlar haqida aniq ma’lumotlarga ega bo’ladi. Bu mahsulot yoki xizmat turining sotuvini oshirishga yordam beradi.

SMM bilan to’g’ri shug’ullanishning muhim jihatlari quyidagilardan iborat:

  • Telegramda kanal ochish;
  • Kanalga to’g’ri nom berish;
  • Uni to’g’ri sozlash (ustanovka qilish);
  • Kanalga administrator qo’yish.

Hozirda ko’pchilik uchun SMM onlayn kurslari qulayligini inobatga olgan holda biz ham ushbu kursimizni onlayn tarzda tashkil etdik.

SMM kursimizda quyidagi saboqlar beriladi:

  • Ijtimoiy tarmoqlarda to’g’ri ishlash;
  • Postlar yaratish;
  • Rasm va videolar bilan ishlash.

Qolaversa siz kursimiz davomida SMM marketing nima? SMM mutaxassis kim? SMM menedjeri nima? SMM dizayn nima? kabi bir qancha savollarga javob topasiz.

    SMM nima uchun muhum?

     

    Hozirda kichik tadbirkorlik bilan shug’ullanadigan xonimlarimiz soni tobora ortib bormoqda. Siz ham o’z biznesiga ega ayollardan bo’lsangiz, SMM xizmatini mustaqil amalga oshirib yanada yaxshi daromadga ega bo’lishingiz mumkin. Agar unday bo’lmasa, siz shunchaki uyda o’tirib ham boshqa biznes egalari uchun SMM xizmatini amalga oshirib, mustaqil ravishda pul ishlab topa olasiz. Axir telegramda kanal yuritish, instagramda pul ishlash SMMni o’zlashtirgan insonlar uchun arzimas ish.

    Social Media Marketing

    SMM darslarini yaxshi o’zlashtirib, siz dekretda yoki oilaviy sharoit tufayli uyda o’tirib, qolaversa, asosiy ishingizga qo’shimcha ravishda ham o’zingizni band qila olasiz. Bu bandlik sizga yaxshigina daromad ham keltirib turadi.

    Mustaqil ravishda o’z daromadingizga ega bo’ling. Bu o’zingizga bo’lgan ishonchni oshiradi!

Ma'lumot uchun telefon raqamlar