“Yangi men” kursining nomidan ham ma’lumki, bu kursda insonlar psixolog yordamida o’zini yangilashni o’rganadilar. Avvallari hatto xayoliga kelmagan qirralari, jihatlarini ko’radilar. O’zini anglash sirlarini o’zlashtirib, borliq qonunlari bilan tanishadi hamda o’ziga bo’lgan ichki ishonchi ortadi. Orzu-maqsadlarga ochilishni o’rganadi.
Toki inson avvalo o’zini anglab yetmas ekan, na hayotini izga sola oladi, na atrofdagilar bilan yaxshi munosabatga erishadi va na orzulariga yetishadi. Shu sababli ham ushbu kurs psixologiyaga kirib kelish kursi hisoblanadi va unda fundamental bilimlar beriladi.
“Yangi men” kursini muvaffaqiyatli tamomlagan insonlar hayotga qarashlarini butkul o’zgartiradilar. Endi ular tamoman baxtli, orzu-maqsadlarini aniq belgilaydigan, harakat, intilishdan to’xtamaydigan va eng asosiysi baxtli, omadli insonlarga aylanishadi! Ahir baxt aslida o’zimizni tushunishimiz, nimani xohlashimizni aniq bilishimiz va to’g’ri harakatlarni amalga oshirishimizda emasmi?
Biz esa sizga eng oliy darajadagi psixolog yordamini taqdim etib, ko’zlaringizda porlagan baxtni ko’ra olsak, maqsadimizga erishgan bo’lamiz!